Xalil Ibn Ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalil Ibn Ahmad (toʻliq nomi Abu Abdurahmon alXalil ibn Ahmad ibn Amr ibn Taymir) (718, Ummon — 792, Basra) — arab olimi. AlBasriy taxallusi bilan mashhur boʻlgan. X. ibn A. aruz ilmi asoschilaridan, u arab grammatikasini tizimlashtirgan. "AlAruz", "Kitob ushshavohid" ("Shohidlar kitobi"), "anNukat vashshakl" ("Mazmun va shakl"), "an-Nagʻam" ("Ohanglar"), "Maoniy alxuruf" ("Yordamchi soʻzlarning maʼnolari"), "Jumlat olot alarab" ("Arab tilidagi notugal gaplar"), "alAvomil" ("Yuklamalar") va boshqa asarlari mashhur. Bizgacha arab tilining birinchi eng katta izohli lugʻati — "Kitob ulayn" ("Buloq kitobi") asari yetib kelgan; Bagʻdod muzeyida.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Krachkovskiy I. Yu., Izbrannie sochineniya, t. 2, M., 1956; Zveginsev V. A., Istoriya arabskogo yazikoznaniya, Kratkiy ocherk, M., 1958.