Xalil Abjalilov
Qiyofa
Xalil Galiyevich Abjalilov [1896.17(29)9 — 1963.18.3] — tatar aktyori. Aktyorlik faoliyatini „Shirkat“ truppasida (1916) boshlagan. Orenburgda „Sharq teatri“ga asos soldi (1919). 1920—23 yil larda Buxoro va Xivada oʻzbek havaskor teatrlarini tuzishda kat-nashdi. 1928-yildan Sh. Kamol nomidagi teatr (Qozon)da ishladi. Xalil (Sh. Kamol, „Qargʻa inida“), Xoʻja Nasriddin (Isanbet, „Xoʻja Nasriddin“), Hofiz (Battol, „Roʻmolga bitilgan maktub“), Qirol Lir (U. Shekspirning shu nomli asari) kabi yirik rollarni ijro etgan. A. 1924—27 yillarda oʻzbek kinostudiyasi filmlarida qatnashgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |