Xalaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalaj, qoloch — qad. turkiy qabila. X.lar dastavval (6-asr) Jan. Sibirda, keyinchalik Talas vodiysida, Koshgʻarda yashagan. 7—8-asrlarda katta qismi Toxaristonga (asosan, Shim. Afgonistonga va Movarounnahr yerlariga) borib oʻrnashganlar, vaqg oʻtishi bilan X.lar tub yerli axrli bilan aralashib ketgan. Ayrim qabilalar oʻz etnik nomlarini 20-asr boshlarigacha saklab kolganlar. X.lar afgon-xiljoylarning shakllanishida hal qiluvchi rol oʻynagan. Shuningdek, X.lar Eronning jan. dagi koʻchmanchi turkiy qabilalar — qashqaylarning muxim komponentlaridan birini tashkil etgan. Tojikistonning jan. va Vaxsh vodiysidagi X.lar esa, 16-asr boshlaridayoq mustakil etnik birlik xisoblangan. 19-asr ga oid yozma manbalarda X.lar Amudaryoning oʻrta oqimidagi turkman qabilalari qatorida tilga olingan. Oʻrta asrlarda X.lar tarqoq holda Movarounnaxrning boshqa viloyatlari (jumladan, Zarafshon vodiysi va Qashqadaryoning yuqori qismi)da ham yashagan. Hozirgi X. avlodlari Eron, Zakavkazye va Afgʻonistonda turk va eron tilli xalklarda etnik nom sifatida saklanib qolgan.