Xadicha Boboxonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xadicha Boboxonova
Tavalludi 11-yanvar 1923-yil
Vafoti 14-may 2013-yil(2013-05-14)
(90 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Xadicha Abdurasulovna Boboxonova (1923.11.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr texnikumini tugatgan (1939), Moskva davlat teatr sanʼati instituti qoshidagi milliy teatr boʻlimida tahsil olgan (1939-41). Surxondaryo (1941-49), Buxoro (1949-51), Kattaqoʻrgʻon (1951-58) teatrlarida ishlagan, 1958-yildan yana Surxondaryo teatrida. Asosiy rollari: Maysara ("Maysaraning ishi"), Zuhra ("Tohir va Zuhra"), Layli ("Layli va Majnun"), Nodira ("Nodira"), Farmonbibi ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Toʻlgʻanoy ("Momo Yer"), Ona Turk ("Amir Temur va Yildirim Boyazid"), Saodat ("Qaytar dunyo"), Jannat xola ("Oʻchmasin chiroq") va boshqa Yaratgan obrazlari toʻlaqonliligi va milliy xususiyatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Oʻzbek, qozoq, turkman, ozarbayjrn xalq qoʻshiqlarining mohir ijrochisi. "Shuhrat" (1994) medali, "El-yurt hurmati" ordeni (1998) bilan taqdirlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil