Kontent qismiga oʻtish

Xalvatiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(XALVATIYAdan yoʻnaltirildi)

Xalvatiya — soʻfiylik tariqati; 14-asr oxirida Shimoli-Gʻarbiy Eronda shakllangan. Tariqat dastlab turkiy aholi o‘rtasida vujudga kelib, Oʻrta Osiyo tasavvuf maktabi (Ahmad Yassaviy)ning ayrim g‘oyalari va malomatiya va qalandariyaning kuchli taʼsiri ostida faoliyat olib borgan. Xalvatiya 50 dan ziyod mustaqil suluk va tariqatlarni boshlab bergan. Xalvatiyaning asoschisi gilonlik Zohiriddin Umar al-Xalvatiy (1397) bo‘lgan. U o‘z izdoshlari uchun qoidalar ishlab chiqqan, unga ko‘ra, qatʼiy ravishda zohidlikka amal qilish (zuhd) va mutlaqo ro‘za tutish (imomlar soniga qarab) asoslab berilgan. Siyosiy sabablarga ko‘ra, (Xalvatiya tarmoqlariga Usmoniylar rahnamolik qila boshlagach) Xalvatiya taʼlimoti vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarga uchrab sunniylik tariqatiga aylangan. XALVATIYA taʼlimoti asosini quyidagilar tashkil qiladi: ju’ (ixtiyoriy ochlik), samt (sukut saqlash), sahar (bedor bo‘lmoq), i’tizol (yolg‘izlik), zikr, fikr (meditatsiya), rabt (murid qalbi bilan shayx qalbi o‘rtasidagi aloqa) va ibodatda doimiy pokizalik. Xalvatiya tariqati yashil yoki qora rangdagi to‘rtburchaqli qalpoq kiyishi bilan ajralib turgan.

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI"Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004