World Wide Web Consortium

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

World Wide Web Consortium (W3C) - World Wide Web(Butunjahon oʻrgimchak toʻri) uchun asosiy xalqaro standartlar tashkiloti. 1994-yilda tashkil etilgan va hozirda Tim Berners-Li tomonidan boshqariladigan konsortium aʼzo tashkilotlardan iborat boʻlib, ular butun dunyo boʻylab Internet standartlarini ishlab chiqishda birgalikda ishlaydigan toʻla vaqt(full-time)li xodimlarni qoʻllab-quvvatlaydi. 2022-yil 3-iyul holatiga koʻra W3C 465 aʼzoga ega edi.[1] W3C shuningdek, taʼlim va targʼibot ishlari bilan shugʼullanadi, dasturiy taʼminotni ishlab chiqadi va Internet haqida muhokama qilish uchun ochiq forum boʻlib xizmat qiladi.


1994-yilda Tim Berners-Li Massachusets texnologiya institutida Yadroviy tadqiqotlar boʻyicha Yevropa kengashi(CERN), DARPA (ARPAning oʻzgartirilgan nomi) va Yevropa Komissiyasi koʻmagida Butunjahon Internet Konsortiumini (W3C) asos solgan. W3C-ning maqsadi internetni yaratishda foydalaniladigan protokollar va texnologiyalarni standartlashtirishdan iborat edi, shunda kontent butun dunyo aholisining iloji boricha kengroq qismiga yetib borishi mumkin edi. Keyingi bir necha yil ichida bir nechta spesifikatsiyalarni, jumladan HTML 4.01, CSS 1 va 2-versiyalarini, PNG tasvir formatlarini namoyish etdi.[2]

1997-yildan boshlab W3C butun dunyo boʻylab mintaqaviy ofislarini yaratdi. 2009-yil sentabr holatiga koʻra, uning Avstraliya, Benilüks mamlakatlari (Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg), Braziliya, Xitoy, Finlandiya, Germaniya, Avstriya, Gretsiya, Gonkong, Vengriya, Hindiston, Isroil, Italiya, Janubiy Koreya, Marokash, Janubiy Afrika, Ispaniya, Shvetsiya va 2016-yildan boshlab Buyuk Britaniya va Irlandiya kabi mamlakatlar mavjud.[3]

Spesifikatsiya yetukligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzan, spetsifikatsiya juda katta boʻlganda, u oʻz tezligida yetuk boʻlishi mumkin boʻlgan mustaqil modullarga boʻlinadi. Modul yoki spesifikatsiyaning keyingi nashrlari darajalar deb nomlanadi va sarlavhadagi birinchi butun son bilan belgilanadi (masalan, CSS3 = 3-darajali). Har bir darajadagi keyingi tahrirlar kasrdan keyingi butun son bilan belgilanadi (masalan, CSS2.1 = 1-versiya).

W3C standartini shakllantirish jarayoni W3C jarayon hujjatida belgilangan boʻlib, har bir yangi standart yoki tavsiyaning rivojlanishi kerak boʻlgan toʻrtta yetuklik darajasini belgilaydi.

Ishchi loyiha (WD)[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Muharrir loyihalari”(Editor draft) va muhokamasidan yetarlicha tarkib toʻplangandan soʻng, u hamjamiyat tomonidan koʻrib chiqilishi uchun ishchi loyiha (WD - Working draft) sifatida chop etilishi mumkin. WD hujjati standartning hamma uchun ochiq boʻlgan birinchi shaklidir. Deyarli har bir kishining sharhi qabul qilinadi, ammo sharhlangan alohida bir element harakatlari boʻyicha hech qanday vaʼda berilmaydi.

Ushbu bosqichda standart hujjat uning yakuniy shaklidan sezilarli farqlarga ega boʻlishi mumkin. Shunday qilib, WD standartlarini qoʻllaydigan har bir kishi oʻz ilovalarini sezilarli darajada oʻzgarishiga tayyor boʻlishi kerak.

Nomzod tavsiyasi (CR)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomzod tavsiyasi standartning WD-ga qaraganda yaxshiroq versiyasidir. Bu vaqtda standart uchun masʼul boʻlgan guruh standart oʻz maqsadiga javob berishidan qoniqish hosil qiladi. CR(Candidate recommendation)-ning maqsadi ishlab chiqish hamjamiyatidan standartning qanday amalga oshirilishi borasida yordam olishdan iborat. Standart hujjat yanada oʻzgarishi mumkin, ammo bu nuqtada muhim xususiyatlar hal qilinadi. Ushbu xususiyatlarning dizayni haligacha amalga oshiruvchilarning fikr-mulohazalari tufayli oʻzgarishi mumkin.

Taklif etilayotgan tavsiya (PR)[tahrir | manbasini tahrirlash]

PR(Proposed recommendation) standartning oldingi ikki darajadan oʻtgan versiyasidir. Standart foydalanuvchilari maʼlumotlarni taqdim etadilar. Ushbu bosqichda hujjat yakuniy tasdiqlash uchun W3C maslahat kengashida koʻrib chiqiladi.

Ushbu qadam muhim boʻlsa ham, biroq u keyingi bosqichga oʻtayotganda kamdan-kam hollarda standartga sezilarli oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi.

W3C tavsiyasi (REC)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu rivojlanishning eng oxirgi bosqichidir. Hozirgi vaqtda standart nazariy va amaliy sharoitlarda, keng koʻlamda koʻrib chiqilib, sinovdan oʻtdi. Standart hozirda W3C tomonidan maʼqullangan boʻlib, uning ommaga tarqatishga tayyorligini koʻrsatib, amalga oshiruvchilar va mualliflar orasida kengroq qoʻllab-quvvatlashni ragʼbatlantiradi.

Tavsiyalar baʼzan notoʻgʼri boʻladi. Qisman yoki umuman amalga oshirilmasligi mumkin, ammo koʻplab standartlar ishlab chiquvchilar oʻz mahsulotlarini W3C-ga mosligini belgilashni xohlasalar, rioya qilishlari kerak boʻlgan ikki yoki undan ortiq muvofiqlik darajalarini belgilashlari lozim.

Sertifikatsiyalash[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISOC va boshqa xalqaro standartlar organlaridan farqli oʻlaroq, W3C sertifikatlash dasturiga ega emas. W3C, hozircha, jamiyat uchun foydadan koʻra koʻproq kamchiliklarni keltirib chiqarish xavfi tufayli bunday dasturni boshlash mos emas deb qaror qilgan.[4]

Aʼzolik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konsortium(W3C) uning aʼzolari tomonidan boshqariladi. Aʼzolar roʻyxati hamma uchun ochiq. Aʼzolar qatoriga korxonalar, notijorat tashkilotlar, universitetlar, davlat tashkilotlari va jismoniy shaxslar kiradi.[5]

Aʼzolik talablari shaffofdir, faqat bitta talabdan tashqari: aʼzolik uchun ariza W3C tomonidan koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak. Koʻpgina yoʻriqnomalar va talablar batafsil bayon etilgan, ammo aʼzolikni nihoyat tasdiqlash yoki rad etish jarayoni yoki standartlari haqida yakuniy koʻrsatma yoʻq.[6]

Aʼzolik narxi ariza beruvchi tashkilotning xarakteriga va u joylashgan mamlakatga qarab toʻgʼridan-toʻgʼri shkala boʻyicha beriladi. Mamlakatlar Jahon bankining soʻnggi guruhlari boʻyicha aholi jon boshiga YaIM (yalpi milliy daromad) boʻyicha tasniflangan.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Current Members & Testimonials“. Qaraldi: 3-iyul, 2022-yil.
  2. „The history of the Web - W3C Wiki“ (28-yanvar, 2019-yil). Qaraldi: 4-iyul, 2022-yil.
  3. Ian Brown. „W3C Offices“ (14-mart, 2019-yil). Qaraldi: 4-iyul, 2022-yil.
  4. „7 W3C Technical Report Development Process“ (1-avgust, 2014-yil). Qaraldi: 4-iyul, 2022-yil.
  5. „Membership - W3C“. Qaraldi: 4-iyul, 2022-yil.
  6. „Join W3C“. Qaraldi: 4-iyul, 2022-yil.
  7. „Consortium Fees“. Qaraldi: 4-iyul, 2022-yil.