Kontent qismiga oʻtish

Woluwe-Saint-Pierre

Koordinatalari: 50°50′0″N 04°28′0″E / 50.83333°N 4.46667°E / 50.83333; 4.46667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Woluwe-Saint-Pierre

Woluwe-Sent-Pierre
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
50°50′0″N 04°28′0″E / 50.83333°N 4.46667°E / 50.83333; 4.46667
Mamlakat Belgiya
Aholisi
42,119
Milliy tarkib fransuzlar
Pochta indeks(lar)i 1150
Woluwe-Saint-Pierre xaritada

Woluwe-Saint-Pierre (fransuzcha talaffuzi: ​wolywe sɛ̃ pjɛʁ, gollandcha talaffuzi: sɪnt ˈpitərs ˈʋoːlyʋə) – Belgiyaning poytaxt mintaqasidagi 19 ta munitsipalitetdan biri. Shahar poytaxtning sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Etterbeek, Auderghem va Woluwe-Saint-Lambert, shuningdek, Kraainem hamda Tervuren Flamand munitsipalitetlari bilan chegaradosh hisoblanadi. Bryusselning barcha munitsipalitetlari bilan bir qatorda rasmiy ikki tildan (fransuz-niderland tili) foydalanadi.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra munitsipalitetda 42 216 nafar aholi istiqomat qiladi[1]. Umumiy maydoni 8,94 km 2 (3,45 sq mi), aholi zichligi 4,722/km 2 (12,230/sq mi) tashkil qiladi. Shahar hududi asosan parklar bilan qoplangan. Shaharning mashhur joylari de Tervurenlaan avenyusi va Marshal Montgomeri maydoni hisoblanadi. Bir paytlar munitsipalitetni Senna daryosi kesib oʻtgan.

Woluwe-Saint-Pierre nomining ilk koʻrinishi shakllanishi 1117-yilga toʻgʻri keladi. Bu haqida Forest shahridan topilgan nizomda keltirilgan. Oʻsha paytda, asl qishloq va uning fermalari Leuven yaqinidagi Park Abbeyga tegishli edi. Shaharda bir necha bor ocharchilik boʻlgan.

  1. „Molenbeek-Saint-Jean IBSA“. ibsa.brussels. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.