William Butcher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Will Butcher
Tugʻilgan joyi 6-yanvar 1995-yil (1995-01-06) (29 yosh)
Sun Prairie, Wisconsin, AQSH
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Dallas Stars
New Jersey Devils
Buffalo Sabres
Texas Stars
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 123-oʻrindagi tanlov, 2013
Colorado Avalanche
Jamoalardagi faoliyat 2017—hozirgacha

William Butcher (talaffuzi: Uilyam Butcher) (1995-yil 6-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey himoyachisi. William Butcher hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Texas Stars“ xzokkey jamoasida oʻynaydi va Milliy Xokkey Ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan shartnoma asosida faoliyat olib boradi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

William Butcher 1995-yil 6-yanvarda AQSHning Sun Prairie shahrida tugʻilgan[1]. Uning ota-onasi Joe va Julie Butcherlardir[2].

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

William Butcher 2013-yildan 2017-yilgacha Denver universitetida xokkey oʻynagan. 2016—2017-yilgi mavsumdagi oʻyinlari uchun William Butcher erkaklar kolleji xokkeyining eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Hobey Baker mukofotini qoʻlga kiritdi[3]. William Butcher, shuningdek, NCHC birinchi jamoasi yulduzi, NCHC yilning eng yaxshi oʻyinchisi va 2016—2017-yillar uchun NCHC eng yaxshi himoyachisi deb topildi[4]. William Butcher „Denver“ xokkey jamoasiga 2017-yilgi NCAA chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berdi[5].

2017-yil 27-avgustda NHL erkin agenti sifatida Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan yillik asosiy maoshi 925 000 dollarga teng ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[6].

2019-yil 31-iyulda William Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan shartnoma muddatini yana uch yilga uzaytirdi[7]. 2020-yil 18-fevralda William Butcher „Devils“ va „St. Louis Blues“ xokkey klublari oʻrtasidagi oʻyinda jarohat oldi. William Butcher 2019—2020-yilgi mavsumda 56 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi[8][9].

„Devils“ klubidagi toʻrtinchi mavsumini yakunlab, har mavsumda uning roli pasayib borgach, Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi tomonidan 2022-yilda beshinchi raund tanlovi bilan 2021-yil 28-iyulda „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga almashtirildi[10]. 2021—2022-yilgi mavsumda Butcher ketma-ket beshinchi mavsumda hujumkor oʻyini pasayganini koʻrdi va „Sabres“ klubi bilan atigi 37 oʻyinda 2 gol va 8 ochko toʻpladi.

„Sabres Buffalo“ xokkey klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, William Butcher erkin agent sifatida „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan 2022-yil 22-iyulda bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gol Assist Ochko Penalti Ishtirok Gol Assist Ochko Penalti
2010—2011 Madison Capitols 18U AAA T1EHL 34 10 20 30 2
2010—2011 Dubuque Fighting Saints USHL 2 0 2 2 0
2011—2012 U.S. NTDP Juniors USHL 31 2 8 10 4
2011—2012 U.S. NTDP U17 USDP 46 8 23 31 8
2011—2012 U.S. NTDP U18 USDP 10 0 2 2 2
2012—2013 U.S. NTDP Juniors USHL 26 3 10 13 2
2012—2013 U.S. NTDP U18 USDP 67 11 26 37 8
2013—2014 University of Denver NCHC 38 8 8 16 8
2014—2015 University of Denver NCHC 38 4 14 18 8
2015—2016 University of Denver NCHC 39 9 23 32 19
2016—2017 University of Denver NCHC 43 7 30 37 18
2017—2018 New Jersey Devils NHL 81 5 39 44 8 5 1 3 4 0
2018—2019 New Jersey Devils NHL 78 4 26 30 18
2019—2020 New Jersey Devils NHL 56 4 17 21 6
2020—2021 New Jersey Devils NHL 23 1 10 11 2
2021—2022 Buffalo Sabres NHL 37 2 6 8 0
NHL 275 16 98 114 34 5 1 3 4 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija ishtirok Gol Assist Ochko Penalti
2012-yil Qoʻshma Shtatlar U17 2nd 5 0 6 6 2
2012-yil Qoʻshma Shtatlar U18 1st 6 0 0 0 2
2013-yil Qoʻshma Shtatlar U18 2nd 7 2 2 4 2
2014-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 2 3 5 2
2015-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 0 1 1 0
2018 Qoʻshma Shtatlar WC 3rd 10 1 2 3 0
Oʻsmirlar (jami) 28 4 12 16 8
Kattalar (jami) 10 1 2 3 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Will Butcher“. Elite Prospects. Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
  2. Milewski, Todd D.. „College hockey: Sun Prairie's Will Butcher becomes first Wisconsin-born player to win Hobey Baker Award“. Wisconsin State Journal (8-aprel 2017-yil). 8-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
  3. „Will Butcher Named Best Player in College Hockey“. news.du.edu (8-aprel 2017-yil). Qaraldi: 26-mart 2018-yil.
  4. NCHC. „Denver, WMU Take Home Top Honors at 2017 NCHC Awards Celebration“ (16-mart 2017-yil). 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
  5. „Butcher Helps Denver Win NCAA Championship“. Colorado Avalanche (2-may 2017-yil). Qaraldi: 2-may 2017-yil.
  6. „Devils agree to terms on a two-year entry-level deal with Will Butcher“. NHL.com (27-avgust 2017-yil). Qaraldi: 28-avgust 2017-yil.
  7. „RELEASE: Devils Re-Sign Butcher“. NHL.com (31-iyul 2019-yil). Qaraldi: 6-mart 2020-yil.
  8. Ryan. „Devils shut out by Blues as Will Butcher, Nick Merkley leave with injuries“. NJ.com (18-fevral 2020-yil). Qaraldi: 6-mart 2020-yil.
  9. Ryan. „Devils' Will Butcher out for rest of season following surgery | What it means“. NJ.com (5-mart 2020-yil). Qaraldi: 6-mart 2020-yil.
  10. „Sabres acquire Butcher, fifth-round pick“. Buffalo Sabres (28-iyul 2021-yil). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  11. „Stars sign defenseman Will Butcher to a one-year contract“. Dallas Stars (22-iyul 2022-yil). Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.