William Bateson
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Betson, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. "Genetika" atamasini ham B. taklif etgan (1907). Kembrij universiteti professor (1908—10). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. "Borliq — yoʻqlik" nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910-yilda Angliya genetik jur.ni tashkil etgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |