Kontent qismiga oʻtish

Willendorf Venerasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yon ko'rinish

Villendorf venerasi (nemischa: Venus von Willendorf ) — Gravett madaniy davriga oid uncha katta boʻlmagan ayol haykali. Avstriyaning Agsbax kommunasidagi Vaxau qoʻrgʻonidagi Villendorf hududi yaqinidagi qadimiy qabrlardan birida arxeolog Joseph Szombati tomonidan 1908-yil avgust oyida topilgan. Galgenberg Venerasi bilan birgalikda Vena tabiiy tarix muzeyidan (Avstriya) joy olgan.

11 sm oʻlchamdagi haykalcha bu hududda uchramaydigan oolit davri ohaktoshidan oʻyib yasalgan va qizil oxra bilan boʻyalgan. Bu oʻsha davr qadimgi xalqlarining harakatlarini koʻrsatishi mumkin. 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, haykalcha 29 ming 500 yoshda. Ushbu haykalcha yasalgan joyi, tayyorlash usuli va madaniy maqsadi haqida deyarli hech narsa maʼlum emas.

Ayol shakli realistik uslubda yasalgan. Uning koʻkragi, qorni va sonlari katta va yumaloq. Aniq oʻyilgan chiziqlar kindik, jinsiy aʼzolar va koʻkrakka qorishib turgan qoʻllarni aks ettiradi. Uning bosh qismida sochlar yoki bosh kiyim aniq koʻrinadi; yuzga oid chizgilar umuman koʻrinmaydi.

Ayrim ekspertlar haykalni hind-yevropa davrigacha boʻlgan Yevropadagi unumdorlik xtonik maʼbudasi sanalgan Ona Yer bilan birlashtiradi. 2005-yilda haykalchaning narxi 60 million dollarga baholangan[1].

  • Rassom Jeff Koons Dom Perignon Shampagne bilan hamkorlikda Villendorf Venerasi shaklining mavhum nusxasi asosida shampan idishlarining maxsus seriyasini (2013) ishlab chiqdi.
  • Villendorf Venerasi „Yosh Papa“ seriyalida (2016-yil) Muqaddas Taxt davlat kotibining doimiy qiziqish manbai sifatida namoyon boʻladi[2].
  • Vladimir Mayakovskiy nomidagi Moskva akademik teatrining „Don Juan“ spektaklida (2018-yil) haykalcha tasviri asosida yaratilgan real o‘lchamdagi qo‘g‘irchoqdan foydalanilgan. U spektakl oxirida paydo boʻladi va Keksa ona timsoli sifatida koʻrinadi.

2008-yil avgust oyida haykal topilganligining 100 yilligi munosabati bilan Avstriya pochtasi gologrammali maxsus pochta toplamini chiqardi. Markalar toʻplamidagi Villendorf Venerasining tasviri 80 ta alohida tasvirdan iborat boʻlib, 3d effekt yaratadi[3].

„O‘n uchinchi jangchi“ badiiy filmida Villendorflik Veneradan ona ajdod — „Vandallarning onasi“ obrazini yaratishda namuna sifatida foydalanilgan. Kartina Maykl Kriktonning romani asosida suratga olingan. Filmda haykalcha metalldan yasalgan va boshi yoʻq tarzida aks etadi.

  1. Dokumentalniy serial BBC „Kak iskusstvo sotvorilo mir“ (How Art Made the World, 2005). Film 1-y.
  2. „«Молодой Папа»: гид по живописи, показанной в сериале Паоло Соррентино“. Artchive. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  3. „«Venus von Willendorf» auf dreidimensionalem Markenblock der Post“. Österreichische Post Aktiengesellschaft. www.post.at (2008-yil 8-avgust). 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.