Willem Barentsz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barens Billem (taxminan 1550, Amsterdam — 1597.20.6, Novaya Zemlya oroli) — golland dengizchi sayyohi va qutb oʻlkalari tadqiqotchisi. 1594 — 97 yillarda Atlantika okeanidan Tinch okeanga boradigan Shim.-sharqiy suv yoʻlini qidirib topish maqsadida Shimoliy Muz okeaniga yuborilgan uchta ekspeditsiyaga rahbarlik qildi. 1596 — 97 yillarda B. ekspeditsiyasi Medvejiy va Shpitsbergen o.larini takror kashf etdi. B. oʻz kuzatishlariga asoslanib Novaya Zemlya o.larining haritasini tuzdi, birinchi marta oʻsha yerda yil davomida meteorologik kuzatishlar olib bordi, kema kursi boʻylab dengiz chuqurliklarini oʻlchadi. B. kemasi suzib oʻtgan dengiz, Shpitsbergen arxipelagidagi bir orol va Gʻarbiy Shpitsbergen o.dagi shaharcha va port (Barensburg) B. nomi bilan atalgan. Novaya Zemlya o.da dafn qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil