Wiener Melange

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wiener Melange

Wiener Melange (talaffuzi: Viner Melanj) Cappuccinoga oʻxshash qahva ichimligidir. Isitilgan va koʻpikli sut va koʻpirtirilgan qaymoq qoʻshiladi. Bunday ichimlik ilk marotaba 1890-yilda Vena shahrida tayyorlangan, deb hisoblashadi.

Ushbu qahva ichimligining bir nechta asosiy variantlari mavjud. Shunday qilib, Wiener Melange sut va koʻpirtirilgan sut qoʻshib espressodan tayyorlanadi.[1]. Yana bir retsept, Vena qahvasi, vanil tamli koʻpirtirilgan qaymq va maydalangan shokolad bilan bezatilgan pishirilgan qahvani oʻz ichiga oladi[2]

Baʼzi retseptlar espressoni issiq suv[3] bilan ozgina suyultirish yoki ikki portsiya espresso[4] ishlatishni taklif qiladi. Bu holda, Vena melangesida qahva va sut nisbati har doim 1:1 saqlanadi.[5] Melange bir stakan suv bilan beriladi va baʼzan koʻpirtirilgan qaymoq bilan bezatiladi.

Melangening alohida varianti Kaisermelange (imperator melangesi) boʻlib, unda sut va sut koʻpiklaridan tashqari tuxum sarigʻi, shakar va konyak qoʻshiladi.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Erhard Gorys. Melange // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 344. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.