Kontent qismiga oʻtish

Wer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wer

Teatr nashri uchun poster
Rejissyor(lar) William Brent Bell
Prodyuser(lar) Matthew Peterman
Morris Paulson
Steven Schneider
Ssenariynavis(lar) William Brent Bell
Matthew Peterman
Rollarda A.J. Cook
Brian Scott O'Connor
Simon Quarterman
Sebastian Roché
Vik Sahay
Bastakor(lar) Brett Detar
Kinematografiya Alejandro Martínez
Muharrir(lar) William Brent Bell
Tim Mirkovich
Studiya(lar) Sierra Pictures
Incentive Filmed Entertainment
Prototype
Room 101, Inc.
Distribyutor Focus World[1]
Chiqarilgan sanasi
  • 16-noyabr, 2013-yil(2013-11-16) (Japan)
  • 23-sentyabr, 2014-yil(2014-09-23) (AQSh)
Davomiyligi 93 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha

Wer – 2013-yilda rejissyor William Brent Bell tomonidan suratga olingan AQSh dahshatli filmi. Filmda bosh rolni A.J Cook ijro etgan[2][3]. Film 2013-yil 16-noyabrda ilk bor Yaponiyada namoyish etildi, AQShda esa 2014-yil avgust oyida VOD tomonidan taqdim etildi[4].

Kapitan Klaus Pistor boshchiligidagi fransuz politsiyasi Claire Porterni kasalxonada davolanayotgan paytdayoq soʻroq qilishni boshladi. Fransiyada dam olayotgan amerikalik sayyohlar, Clairening turmush oʻrtogʻi Henry va oʻgʻli Peter nomaʼlum yirtqich hayvonning vahshiy hujumi natijasida shafqatsizlarcha oʻldiriladi. Claire qotilning soyasi odamga oʻxshab ketganini daʼvo qilganda, politsiya qotillik uchun oʻsha yerda istiqomat qiluvchi Talan Gwynekni hibsga oladi. Oradan vaqt oʻtib, Claire olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etadi.

Chet ellik advokat Katherine Samanta Moore Talanni himoya qilishni taklif qiladi. Uning amerikalik hamkasbi Eric Sarin Talanning tergovchisi boʻlib ishlaydi. Kate mudofaa guruhini aniqlash uchun besh yil avval ishqiy munosabatda boʻlgan hayvonlar boʻyicha mutaxassis doktor Gavin Flemyngni yollaydi.

Politsiya boʻlimida Talan bilan suhbat chogʻida rasmiylar bilan kurash boshlanadi. Gavin Kateni himoya qilmoqchi boʻlganida Talan uni tishlab oladi.

Katening jamoasi Talanning onasi bilan suhbatlashish uchun oʻrmondagi olis uyiga boradi. Gwynek xonim ularga asli Ruminiyadan ekanligini aytadi. Uning taʼkidlashicha, Talan qotillikni sodir etish uchun jismonan zaif boʻlgan, chunki Talan ularning oilasidagi erkaklar orqali oʻtadigan noyob genetik kasallikdan aziyat chekardi.

Gavin Katega tegajonlik qilishga harakat qiladi, bu esa Ericning noroziligiga sabab boʻladi. Gavin ham politsiya boʻlimida tirnalganidan keyin asta-sekin oʻzini yomon his qila boshlaydi.

Talan politsiya hibsxonasida tibbiy koʻrikdan oʻtayotganda, oʻzining gʻayritabiiy kuchidan foydalanib, xonadagi deyarli hammani oʻldiradi va binodan qochib ketadi.

Butun shahar boʻylab olib borilgan qidiruv natijasida, Talan tashlandiq binodan topiladi. Talan politsiyaga hujum qilishidan oldin, sakkizinchi qavatdan pastga qulab, boʻriga aylangani kameraga tushib qoladi.

Talan bir necha politsiyachini oʻldirgandan soʻng, oʻqlar bilan qurshab olinadi va oʻldiriladi, uning jasadi politsiya mashinasida olib ketiladi. Ammo Talan oʻlmagan edi, u kuch bilan mashinani agʻdarib yuboradi.

Halokat sodir boʻlgan joyda toʻpolon paytida Talan Ericni oʻldiradi. Keyin Katega hujum qilishga harakat qiladi, lekin Gavin jang qilish uchun yetib keladi. Oxir-oqibat Gavin Talanni boʻgʻib oʻldiradi.

Wer uchun rejalar dastlab 2012-yil yanvar oyida Dread Central nashriga berilgan intervyuda eʼlon qilingan edi, oʻshanda Bell va prodyuser Matthew Peterman soʻnggi 10 oy davomida boʻri mavzusidagi loyiha ustida ishlaganliklarini aytishgan edi[5]. Ular dastlab 2012-yilning aprel oyida Ruminiyada „hujjatli film uslubdagi loyiha“ ni suratga olishni rejalashtirgan edi[6][5].

2012-yil mart oyida Cook Wer filmining bosh qahramoni sifatida tasdiqlandi va Rob Hallning Almost Human Inc kompaniyasi filmning maxsus effektlarini yaratish uchun ishga yollandi[7][8]. Oʻsha yili Vik Sahay va Sebastian Roche ham ushbu loyihaga qoʻshildi[9][10][11].

Wer filmini suratga olish ishlari 2012-yilning may oyida Ruminiyaning Buxarest shahrida boshlangan. Bell filmni Vatican loyihasi bilan bir vaqtda suratga olgan[12]. Wer uchun rasmiy treyler 2013-yil oktyabr oyida ilk bor namoyish etildi.

  1. „Wer (2013)“. Filmratings.com. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  2. „FilmDistrict Takes On 'The Devil Inside' Director's 'Wer'“. THR (2012-yil 7-fevral). Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  3. „A legend is reborn in the poster for William Brent Bell's Wer“. JoBlo (2013-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  4. „Wer Now Howling on VOD“. Dread Central. Qaraldi: 2014-yil 20-avgust.
  5. 5,0 5,1 „Exclusive Interview: The Devil Inside's William Brent Bell and Matthew Peterman Talk Controversial Endings, Sequel Potential and Upcoming Projects“. Dread Central (2013-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  6. „The Devil Inside Duo Officially Tackling Wer“. Dread Central. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  7. „Wer is Practically Almost Human“. Dread Central. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  8. „A.J. Cook Signs on for Found Footage Werewolf Flick Wer“. Dread Central. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  9. „Vik Sahay Cast in William Brent Bell's WER“. HNN. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  10. „Sebastian Roché Joins 'The Devil Inside' Director William Brent Bell's 'Wer'“. IndieWIre (2012-yil 29-aprel). Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  11. „'Chuck' Star Vik Sahay Joins 'Devil Inside' Director William Brent Bell's Werewolf Movie“. Fearnet. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
  12. Gilchrist. „FilmDistrict Takes On 'The Devil Inside' Director's 'Wer'“. Hollywood Reporter (2012-yil 7-fevral). Qaraldi: 2013-yil 23-dekabr.