Kontent qismiga oʻtish

Walter Liebenthal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Walter Liebenthal.

Walter Liebenthal (12-iyun 1886 — yil 15-noyabr 1982-yil) — Xitoy buddizm ixtisoslashgan nemis falsafasi va sinolog[1]. Walter koʻplab falsafiy asarlarni Pali, Sanskrit va Nemis tillaridan tarjima qilgan. Hind buddizm va Xitoy diniga oid keng tadqiqotlarga asoslanib, koʻplab kitoblar yozgan. Walterning asosiy xulosalaridan biri, Ch’an (Zen) orqali qadimgi xitoy buddizmining kelib chiqmaganligini aniqlagan[2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walter Liebenthal 1886-yilda Prusiyaning Königsberg shahrida (hozirgi Kaliningrad, Rossiya) tugʻilgan. Uning otasi advokat Robert Liebenta, onasi Lora Oenike, Walterning 3-oyligida vafot etgan. Walterni ammasi Ludshig uz qaramogʻiga olgan.

Walter yoshligidan huquqni oʻrganishni boshlagan, ammo kup vaqt oʻtmay sanʼat sohasida uz yulini topgan, 1907-yilda haykaltaroshga shogird boʻlgan. 1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlanganida u Prussiya armiyasiga koʻngillilar qatorida borgan. U ikki marta jarohatlangan va oxir-oqibat Fransiyada asirlikka olingan.

1920-yilda Berlinga qaytadi, Walter oilasini boqish uchun qiyin damlarni boshkechiradi. Vaymar Respublikasi urushdan keyin iqtisodiy jihatdan ancha orqada boʻlgan. Walter doʻstlari yordamida kinoteatr ochgan, keyin shokolad fabrikasini, strawberry fermani boshqarishga harakat qilgan. Bu tadbirlarning hech biri yetarlicha daromadli boʻlmagan. Ammo uning xotini bolalar kiyimlarini tikish zavodida muvaffaqiyatga erishgan. Oʻsha yillarda Valter Liebenthal 1924-yilda Berlin-Frohnauda birinchi nemis budda monastirini tashkil etgan Pol Dahlke bilan uchrashdi va buddizmga chuqur qiziqdi. Walter Pali, Sanskrit, Tibet va xitoy tillarini muntazam oʻrganishni boshladi. Keyinchalik 1928-yilda, 42 yoshida, Berlin, Marburg, Heidelberg, Halle va Breslau universitetlarida indologiya tadqiqotini Berlinda boshladi. Uning oʻqituvchilari va mentorlari orasida Johannes Nobel, Max Uolser va Otto Strauss bor edi. 1933-yilda Walter Breslau universiteti tomonidan „Satkärya uning dushmanlari tomonidan tasvirlangan“ degan dissertatsiya asosida doktorlik darajasini olgan. Oʻqishni tugatganida Hitler rejimining tanqid qonunlari tufayli Germaniyada universitet lavozimini ololmadi.

1934-yilda Walter Xitoyning Pekin shahridagi Yenching universiteti Xitoy-Hindiston instituti tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi ikki yil davomida u Kasyapa-parivarta uchun Xitoy-sanskrit indeksini tayyorlagan, ammo afsuski 1937-yilgi Yaponiya qoʻshinlari tomonidan Pekinni egallab olish paytida yoʻqolgan. 1937-yilda Walter Peking universitetiga sanskrit va nemis tillarida oʻqituvchi sifatida ishga kirgan va uning Changsha va Kunmingdagi urush davridagi oʻrinlariga ergashgan. 1946-yilda Pekinga qaytganida u „Chao kitobi“ ni nashr etgan va bu uning sinolog sifatida obroʻini mustahkamlagan[3].

1952-yilda Walter Pekinni tark etgan, Hindistondagi Santiniketan Visva-Bharati universiteti koʻchib oʻtgan. Bengaliyalik yozuvchi Rabindranat Tagor chop etgan barcha kitoblarni tarjima qilgan. Santiniketan universiteti Festschriftni nashr etilgan, unda Dr. Liebenthalning butun dunyo boʻylab hamkasb olimlari tomonidan maqolalar chop etilgan[4].

1965-yilda Zieglerning tavsifiga koʻra, falsafa fakulteti dekani va Tübingen universiteti Senatining qoʻllab-quvvatlashi bilan u „Xitoy buddizm“ mutaxassisligi boʻyicha falsafa fakultetida faxriy professor deb nomlangan[5]. Walter 1982-yilda vafot etganidan soʻng „Dunyo taʼriflari“ nomli opus magnum oʻqitish, maʼruzalar va davom ettirish ishlarini faol davom ettirgan.

Hindiston va Xitoyning diniy va falsafiy oʻqituvchilari bilan koʻplab tadqiqotlar oʻtkazgan va amalda qoʻllab koʻrgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mrs. Johanna Kohlberger (daughter of Prof. Walter Liebenthal) unpublished biography; Liebenthal Festschrift (Santiniketan 1956); Letters & documents facilitated by the University Archives of Tübingen and article in the Süddeutsche Presse (June 11, 1966) to celebrate Dr. Walter Liebenthal on his 80th birthday: Investigation of East Asian Religions as translated by John Barlow in his article, „The mysterious case of the brilliant young Russian orientalist“ — part 2 — International Association of Orientalist Librarians, Vol.43, 1998
  2. Prof. Dr. Tilemann Grimm, „Prof. Dr. Walter Liebenthal on his 95th Birthday“, Attempto 66/67, p.73, (1980), edited by University of Tübingen
  3. Liebenthal Festschrift, 1957, p.4
  4. Liebenthal Festschrift, 1957, p.1 Preface
  5. Letter dated 12.23.64 directed to the Akademisches Rektoramt of the University of Tübingen by Ziegler