Vysokovskiy qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Visokovskiy qal’asi — XVII-XVIII asrlarda Brest viloyati Kamenetsk tumani Visokovskiy shahrida mavjud boʻlgan qal’a.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a XVII-asrning o‘rtalarida, ehtimol Vitebsk voyevodasi (askarlar bjshligʻi) Pavel Sanega davrida qurilgan.

Pulva daryosining yuqori o‘ng qirg‘og‘ida bastionli tuproq istehkomlar qurilgan. Qal’a har tomondan suv bilan o‘ralgan edi. Darvoza joylashgan shimoli-sharq tomonda keng hovuz bor edi. Uning ustigan koʻtarma ko‘prik tashlangan boʻlib, tuproq devor orasiga joylashgan uchta darvozali 2 qavatli g‘ishtli minoraga olib boragi. U yerda qo‘riqxona, qurol-yarog‘ va ko‘prikni ko‘tarish mexanizmi joylashgan. Darvozalarning o‘ng va chap tomonida ikkita kuchli bastion va ikkita kurant boʻlgan edi. Shimol va g‘arb tomonlarda kichik bastionlar ham bor edi. Katta qal’a detinetsda yog‘och saroy va xizmat xonalari boʻlgan.

1654-1667 yillardagi Rossiya-Polsha urushi va Shimoliy urush vaqtida qal’a jiddiy shikastlangan, ammo keyinchalik qayta tiklangan.

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’aning tuproq uyumlari va uning darvozalari xarobalari bizning davrimizga qadar saqlanib qolgan. Visokovskiy qal’asi istehkomlarining arxeologik tadqiqotlari 1977-yilda M. A Tkachev rahbarligida o‘tkazilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ткачоў М. А. Высокаўскі замак // Энцыклапедыя гісторыі Беларусі / Рэдкал.: Б. І. Сачанка (гал. рэд.) i інш.; Маст. Э. Э. Жакевіч. — Мн.: БелЭн, 1994. — Т. 2 : Беліцк-Гімн. — С. 374. — 537 с. — 20 000 экз. — ISBN 5-85700-142-0. (белор.)