Vyacheslav Saakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vyacheslav Gegamovich Saakov
Tavalludi 5-mart 1939-yil
Vafoti 15-mart 1997-yil(1997-03-15)
(58 yoshda)
Buxoro
Kasbi tadqiqotchi, targʻibotchi, jurnalist, publisist
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Vyacheslav Gegamovich Saakov (1939-yil 5-mart, Toshkent1997-yil 15-mart, Buxoro) — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yangi tipdagi shahar gidlari janrining asoschisi, Markaziy Osiyo tarixining koʻzga koʻringan tadqiqotchisi va targʻibotchisi, jurnalist va publisist.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939-yil 5-martda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Toshkentdagi 50-oʻrta maktabni bitirgandan soʻng V.I.Lenin nomidagi Oʻrta Osiyo davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

1961-1962-yillarda Buxoro davlat oʻlkashunoslik muzeyida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

1962-1975-yillarda - S.K.Orjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti assistenti, katta oʻqituvchisi, dosenti.

1955-1965-yillarda Buxoro viloyati sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.

1975-1979-yillarda viloyat “Sovet Buxorosi” gazetasi tahririyati mudiri.

1979-yildan - Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoat texnologiya instituti dotsenti, kafedra mudiri.

1992-yildan - O'zbekistondagi birinchi siyosatshunoslik kafedralaridan birining mudiri[1].

Bir qator xalqaro kongresslar a’zosi.

Bir qancha kitob, jurnal va gazeta maqolalar muallifi. Ayniqsa, miniatyura va hattotlik ilmiga bagʻishlangan kitoblar[2], zardoʻzlik san’ati[3], sayyohlar uchun qoʻllanmalar[4] va boshqa qator kitoblari alohida ajralib turadi.

V.G.Saakovning Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan shaxsiy kitoblar toʻplami kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi[5].

Orden va medallar bilan taqdirlangan.

Ikki farzandning otasi.

Saakov 1997-yil 15-martda Buxoroda nasroniylar qabristoniga dafn etilgan.

Saakovning kitoblar roʻyxati:[tahrir | manbasini tahrirlash]

V.G.Saakov, U.X.Kamolov, A.A.Muzafarov. Buxoro. Yoʻlboshlovchi. - Toshkent, 1973-yil.

V.G.Saakov, J.N.Namozov. Sovet hokimiyati yillarida Buxoro viloyatining sanoat rivojlanishi. - Toshkent, 1974-yil.

V.G.Saakov, A.A.Muzafarov. Buxoro. Yoʻlboshlovchi. - Toshkent, 1979-yil.

V.G.Saakov, U.A.Asatov. Koʻhna yerning yangilanishi. - Toshkent, 1981-yil.

V.G.Saakov, A.A.Muzafarov, R.N.Reyxer Buxoro. Yoʻlboshlovchi. - Toshkent, 1987-yil.

V.G.Saakov. Buxoro me’morchiligi durdonalari. – Buxoro, 1991-yil.

V.G.Saakov. Yuzlab manzillar. - Toshkent, 1991-yil.

V.G.Saakov, X.S.Madrahimov, S.Badridinov. Qadimgi va oʻrta asrlarda Buxoro. - Moskva, 1993-yil.

V.G. Saakov. Buxoro tarixi adabiyoti.- Buxoro: “Buxoro”, 1996-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Сааков Вячеслав Гегамович // Кто есть кто в Центральной Азии? — centrasia.org
  2. Джураев Х. Х. История миниатюристов и каллиграфов Бухары (XIX—XX в.) // Вопросы истории. — Москва. — 2020. — № 7. — С.200-205.
  3. World science: problems and innovations. Сборник статей XVIII Международной научно-практической конференции. В 2 частях. 2018. — С.43-46.
  4. Пивоварова Н. В. История туризма в Таджикистане (XX — начало XXI вв.). Автореферат дис. … кандидата исторических наук / Ин-т истории, археологии и этнографии. — Душанбе, 2010.
  5. Каталог личных архивных фондов отечественных историков. — Москва, 2020.