Vyacheslav Ponomaryov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vyacheslav Ponomaryov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-yanvar 1978-yil (1978-01-02) (46 yosh)
Tavallud joyi Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Boʻyi 183 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
OʻzbekistonNavbaxor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1998
1998—2000
2001
2002
2003
2004—2007
2007
2008
2009—2013
2013—2014
2015
OʻzbekistonNavbaxor
OʻzbekistonDoʻstlik
OʻzbekistonPaxtakor
Oʻzbekiston Меtallurg Bekobod
OʻzbekistonQizilqum
OʻzbekistonPaxtakor
OʻzbekistonQuruvchi
OʻzbekistonBunyodkor
OʻzbekistonShoʻrtan
OʻzbekistonNeftchi (Fargʻona)
OʻzbekistonBuxoro
(7 (1)
55 (3)
18 (2)
29 (8)
26 (7)
86 (10)
12 (0)
6 (0)
84 (1)
29 (0)
17 (0))
Milliy terma jamoa
2000 OʻzbekistonOʻzbekiston (1 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vyacheslav Ponomaryov (1978-yil 2-yanvar, Namangan) — oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vyacheslav Ponomaryov Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ponomaryov professional faoliyatini 1996-yilda mazkur klub tarkibida boshlagan. Ponomaryov bir yarim mavsum „Navbahor“ safida toʻp surgan va shu vaqt ichida faqat yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. 1998-yil oʻrtalarida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan va 2000-yilning oxirigacha shu klubda toʻp surgan. Bu vaqt ichida futbolchi „Doʻstlik“ safida 55 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan.

2001-yil boshida Vyacheslav Ponomaryov Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bir mavsumda „Paxtakor“ safida 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2002-yil boshida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtgan. Ushbu jamoa libosi ostida bir mavsumda 29 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. 2003-yil boshida Ponomaryov Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va bir mavsumda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishgan.

2004-yilda yana „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan va „Paxtakor“ safida uch yarim mavsum oʻynagan. Bu vaqt ichida u 86 ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqib darvozasiga 10 ta gol kiritgan. 2007-yil oʻrtalarida Toshkentning boshqa bir klubi „Bunyodkor“ga oʻtib, bu jamoada bir yarim mavsum toʻp surgan. Jamoa safida 18ta uchrashuv oʻtkazgan, biroq birorta ham gol ura olmagan.

2009-yil boshida Shoʻrtanning „Gʻuzor“ jamoasi bilan shartnoma imzolab, toʻrt yarim mavsum davomida „Shoʻrtan“ safida 84 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1ta gol urgan. 2013-yilning ikkinchi yarmidan 2014-yilning oxirigacha Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi sharafini himoya qilgan va jamoa safida 29 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yil boshidan „Buxoro“ jamoasi futbolchisi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vyacheslav Ponomaryov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi ilk va soʻngi oʻyinini 2000-yil 29-fevralda Moʻgʻuliston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan[1]. U 2010-yilda terma jamoaga chaqirilgan, biroq 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Livanga qarshi oʻyinda maydonga tushmagan.[2]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Navbahor“tarkibida

„Doʻstlik“ safida

  • Oʻzbekiston chempioni: 1999, 2000-yillar
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2000-yil

„Paxtakor“ klubida

  • Oʻzbekiston chempioni: 2004, 2005, 2006-yillar
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2001-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2004, 2005, 2006-yillar

„Bunyodkor“ jamoasi bilan

  • Oʻzbekiston chempioni: 2008-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2008-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007-yil

„Shoʻrtan“safida

  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2010-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Uzbekistan International Matches - Details 2000-2009“. RSSSF. 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2008-yil.
  2. „Uzbekistan seek Beirut redemption“. FIFA (29-yanvar 2008-yil). 30-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktabr 2008-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]