Vujudi mumkin va vujudi vojib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vujudi mumkin va vujudi vojib — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasidagi tushunchalar. Bunga koʻra mavjudot 2 ga — vujudi mumkin (imkoniy mavjud narsalar) va vujudi vojib (zaruriy mavjud narsalar)ga boʻlinadi. Vujudi mumkin — sababsiz vujudga kelmaydigan narsalardir. Vujudi vojib — oʻz-oʻzidan mavjud, uning mavjudligi boshqa narsadan emas, oʻz tabiatidan, mohiyatidan kelib chiqadi. Vujudi mumkin vujudi vojib sababli mavjuddir.

Forobiy barcha mavjudotni 6 darajaga boʻladi: birinchisi, vujudi vojib — Alloh; qolgan 5 tasi — aql, jon, shakl, materiya, osmon — vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-natija shaklida bogʻlangan, birinchisi oʻz sababiga ega emas. Ibn Sino ham bu tushunchalarni shu tarzda taʼriflagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil