Vtulka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vtulka (rus.) — asbob, mashina va mexanizmning silindr yoki konus shaklli ichi teshik detali. Gʻildirak, podshipnik va elektr izolyatsiya V.si kabi xillarga boʻlinadi. Gʻildirak V.si — gupchakning oʻqqa tegib turadigan markaziy qismi; podshipnik V.si— antifriksion materialdan yasalgan yoki metalldan yasalib, sirtiga antifriksion material quyilgan ichi teshik silindr; elektr izolyatsiya V.si— elektr izolyatsiya materialidan yasalgan naycha. Binolar devori, asboblarning metall sirti va h.k. orqali elektr simi oʻtkazilganda koʻyib ketiladi. Metall kesish stanoklarida ishlatiladigan oʻtish V.si ham mavjud. U konussimon quyruqli kesish asbobi (mas., parma)ni stanok shpindeliga mahkamlash uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil