Vrach nazorati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vrach nazorati (jismoniy tarbiya va sportda)— jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlarni saralash, bajarilayotgan mashqlaring ular organizmiga taʼsirini (ijobiy, salbiy) oʻrganish maqsadida oʻtkaziladigan tibbiy nazorat; sport tibbiyotining asosiy qismi. V. n. ning asosiy vazifalari: jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlarning salomatligi, funksional holatini aniqlash va olingan natijalarga asosan ularning mashqlar bilan shugʻullanishi uchun ratsional tavsiyanomalar berish; jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish jarayonida mashqlar taʼsirida jismoniy rivojlanish, salomatlik, funksional holatda boʻlayotgan oʻzgarishlarni muntazam kuzatib turish; mashqlarni notoʻgʻri bajarish oqibatida kelib chiqadigan patologik holatlarni aniqlash, oldini olish va davolashdan iborat.

Nazorat vrachi jismoniy mashqlar vositalarini qoʻllashda vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlarining tashkiliy-metodik ishlariga rahbarlik qiladi; jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlar yoki shugʻullanayotganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi; optimal harakat tartibini koʻrsatadi; jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vrachlik konsultatsiyasini beradi; jismoniy tarbiya darslari va sport mashqlari jarayonida vrach-pedagog nazoratini olib boradi; ommaviy sport tadbirlarida tibbiy yordam koʻrsatadi. V. n. boʻyicha tashkiliy-metodik rahbarlikni vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlari olib boradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil