Voyaga yetmaganlarning javobgarligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voyaga yetmaganlarning javobgarligi — 18 yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi. OʻzR JKda voyaga etmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning oʻziga xos xususiyatlari va b. xolatlari eʼtiborga olinib, alohida jazolar belgilangan. Bular:

  • jarima;
  • axloq tuzatish ishlari;
  • qamoq;
  • ozodlikdan mahrum qilish jazolaridan iborat.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazoning boshqa turlari va qoʻshimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. Voyaga etmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan tayinlanadigan jazo miqdori va muddatlari ancha qisqartirilgan. Voyaga etmaganlarga nisbatan belgilanadigan jarima, eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi. Axloq tuzatish ishlari 1 oydan 1 yilgacha muddat doirasida belgilanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi