Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash — OʻzR JKning 86—m.siga muvofiq, sud Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga etmaganlarning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sogʻligini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va b. holatlarning uning shaxsiga taʼsirini hisobga oladi. Oʻn uch yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng koʻp muddati oʻn yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn ikki yilgacha — tayinlanadi. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — oʻn ikki yilgacha muddatga, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi oʻta ogʻir jinoyat boʻlsa, oʻn besh yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin. Jinoyat sodir etish paytida oʻn uch yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan bir necha xukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati oʻn besh yildan oshmasligi kerak . Voyaga etmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axlok tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud OʻzR JKning 72—m.sida nazarda tutilgan asos va shartlar mavjud boʻlsa, shartli jazo belgilashi mumkin[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi