Voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish — voyaga etmagan shaxsni tilanchilikka, spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop xisoblanmagan, lekin kishining aql — idrokiga taʼsir qiladigan vosita va moddalarni isteʼmol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa , OʻzR JKning 127 — m.siga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi. Tilanchilikka jalb qilish deganda, voyaga etmagan shaxsni begona shaxslardan pul, oziq — ovqatlar, kiyim — kechak va b. buyumlar soʻrashga oʻrgatish va dalolat qilishni tushunish zarur. Voyaga etmagan shaxsni spirtli ichimliklar isteʼmol qilishga, giyohvandlik va psixotrop vositalar isteʼmol qilishga yohud jinoyat sodir etishga jalb etish ayniqsa ogʻir jinoyat hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi