Vositachilik shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vositachilik shartnomasi — Vositachilik shartnomasi boʻyicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirigʻi boʻyicha oʻz nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni xaq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart. Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bn tuzilgan bitim boʻyicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish boʻyicha uchinchi shaxs bn bevosita munosabatlarga kirishgan boʻlsa xam, vositachi huquqlarga ega boʻladi va zimmasiga majburiyat oladi. Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan xolda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini koʻzlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan xolda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi boʻlgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar quyilgan yoki quyilmagan holda tuzilishi mumkin. Qonun xujjatlarida ayrim turdagi Vositachilik shartnomasining xususiyatlari nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (OʻzR FKning 832 — m.si). Vositachilik shartnomasi:

  • komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
  • vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
  • vositachi vafot etganligi, u muomalaga layoqatsiz, layoqati cheklangan, bedarak yoʻqolgan yoki nochor deb topilganligi oqibatida bekor qilinadi (OʻzR FKning 845 — m.si)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi