Vositachilik
Vositachilik (diplomatiyada) — ikki yoki bir necha davlatlar oʻrtasida muzokaralar olib borilishini yoʻlga qoʻyish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular muvaffaqiyatini taʼminlovchi vositalardan biri. V. vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mashʼum "sovuq urush" tugallanib, Sharq bilan Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga oʻtilishi sharoitida mahalliy mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun V.dan keng foydalanilmoqda. Mas., BMTning , BMT Bosh kotibi, uning muovinlari, maxsus vakillari va maʼlum maqsadlarda tuzilgan missiyalari V. faoliyati tufayli turli mintaqalar (Afrikada — Angola va Namibiya, Lotin Amerikasida — Nikaragua va Salvador, Osiyoda — Kampuchiya, Yevropada — Bosniya)-da yuz bergan qurolli mojarolar toʻxtadi, Yevropa Ittifoqining qator aʼzolari, AQSH va Rossiya vakillaridan iborat sobiq Yugoslaviya boʻyicha aloqa guruhi Bosniya va Gersegovinada sodir boʻlgan urushni tugallashga erishdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |