Vositachi usuli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vositachi usuli - oʻsimliklar seleksiyasidagi usullardan biri; ikki tur oʻsimlikning chatishmasligini uchinchi tur oʻsimlik yordamida bartaraf etish. Mas., agar A va V oʻsimlik turlari oʻzaro chatishmasa, u holda A tur oʻziga yaqin S tur bilan chatishtiriladi, olingan duragayni esa V tur bilan chatishtiriladi. V.u.ni birinchi boʻlib I.V. Michurin ishlab chiqqan va amalda tatbiq etgan. V.u. gʻoʻza seleksiyasida geografik uzok, tur ichida duragaylashda turlarning chatishmasligini bartaraf etish usullaridan biridir. Vositachi sifatida geterozigotali informatsiyaga ega duragaylarning birinchi boʻgʻinidan foydalanganda V.u. samarali boʻladi. Meksika gʻoʻzasini afrika-osiyo gʻoʻzasi bilan chatishtirib olingan bepusht duragayning xromosomalar yigʻindisini ikki karra koʻpaytirib, harknes diploid gʻoʻzasi bilan erkin chatishadigan geksaploid shakli yaratilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil