Voronej ot zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voronej ot zoti - arava, chana va qoʻshga qoʻshiladigan, yuk tashishga moslashgan ot. Voronej viloyatining qator tuman va xoʻjaliklarida Rossiyada bityug nomi bilan maʼlum boʻlgan mahalliy otlarni ogʻir yuk tortuvchi va yoʻrtoqi ot zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. V. o. z. qishloq xoʻjaligi va b. ishlarni bajarishsa ishchanligi bilan ajralib turadi. Ozuqa va sharoit tanlamaydi, chidamli. Zot ichida qoramtir va qora tusli otlar koʻp. Aygarlarining tirik vazni 550 kg , biyalariniki 525 kg . Dehqon va fermer xoʻjaliklarida ishlatish uchun V. o. z. qoʻl keladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil