Kontent qismiga oʻtish

Voqeanavis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Voqeanavis — 1) musulmon Sharki mamlakatlarida saroy mansabi. V. lar hukmdor topshirigʻiga binoan mamlakatda boʻlib oʻtgan barcha voqealarni kunma kun yozib borishgan. Shuningdek, elchilar huzurida ham V. mansabi boʻlgan, u safar kundaliklarini va elchixonadagi barcha yozuv-chizuv ishlarini olib borgan. Mas., Avrangzebning Buxoroga kelgan elchisi Zabardastxon huzurida Xoja Abdulmaʼoniy Balxiy V. mansabida boʻlgan. 2) Rasmiy yoʻl bilan qoʻyilgan maxfiy kuzatuvchi, aygʻoqchi, josus.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil