Volvokssimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volvokssimonlar (Volvocophyceae) — yashil suv oʻtlari sinfi. Yakka hujayra (donaliyella, xlamidomonada) yoki koloniya (volvoks, pandorina, eudofina) boʻlib oʻsadi, oʻsuv davrida harakatchan. Hujayrasida kosasimon pirenoidli xloroplast, qizil "koʻzcha", qisqaruvchi vakuol, 2 (baʼzan 4,8) ta xivchin boʻladi. Yakka hujayra V. qattiq qobiqsiz. V. boʻyiga boʻlinish orqali, qobiqli V. zoosporalar hosil qilish orqali jinssiz koʻpayadi. Koloniya V.ning jinssiz koʻpayishi zoosporalarning koloniya ichida yana qoʻshilib, yangi koloniya hosil qilishi orqali sodir boʻladi. Jinsiy koʻpayish geologamiya, izogamiya, geterogamiya yoki oogamiya tarzida roʻy beradi. Asosan oqmaydigan chuchuk suvlarda, qisman tuproqda uchraydi. Qulay sharoitda juda tez koʻpayib suvning "gullashi"ga sabab boʻladi. Bir necha yuz turi maʼlum.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil