Voltommetr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Voltommetr — tok zanjiridagi kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan elektr asbobi; voltmetr va ommetr-dan iborat. V.lar oʻzgarmas tok zanjirida qoʻllaniladi. Toʻgʻrilagich V.lar universal asbob boʻlib, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjiridagi kuchlanishni, oʻzgarmas tok zanjiridagi qarshilikni oʻlchaydi. U oʻlchash mexanizmi, yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich va qoʻshimcha rezistorlardan iborat. Universal V.larning zamonaviy variantlari mikroelektron sxemalar asosida yaratilmokda. Ular ancha ixchamligi va puxtaligi bilan lampali va tranzistorli oʻlchov asboblaridan ajralib turadi. Ularni ishlatish ancha qulay va oson. V.lar elektr energiyasi ishlatiladigan joylarda, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash va kuzatib turish zarur boʻlgan lab., sexlar va elektr ustaxonalarida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil