Kontent qismiga oʻtish

Volodimir Mikolayenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Volodimir Vasilyevich Mikolayenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-aprel 1960-yil (1960-04-08) (64 yosh)
Xerson, Ukraina SSR. SSSR
Siyosiy partiyasi partiyasiz
Taʼlim Sevastopol davlat universiteti
Kasbi muhandis va kema mexanigi

Volodimir Vasilyevich Mikolayenko (ukraincha: Володимир Васильович Миколаєнко, 1960-yil 8-aprel) — ukrainalik siyosatchi. 2014-yil 25-mayda boʻlib oʻtgan Xerson merining navbatdan tashqari saylovlarida Xerson meri etib saylangan. Bungacha Xerson shahar kengashi kotibi lavozimini egallab, vaqtincha mer lavozimida ishlagan. Partiyasiz.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Volodimir Mikolayenko xizmatchilar oilasida tugʻilgan[1]. 1967-yilda Xersondagi 16-maktabga oʻqishga borgan. Maktabni tugatgandan soʻng, 1975-yilda Xerson baliqchilik sanoatining dengizchilik bilim yurtiga kema elektrostansiyalarini ekspluatatsiya qilish mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kiradi. 1979-yilda bilim yurtni dengiz mexanikasi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mikolayenko Vladivostokdagi tral va refrijeratorli floti bazasida 1982-yilgacha kema mexaniki boʻlib ishlagan. 1982-yildan 1991-yilgacha Xerson konserva zavodida ishlagan[1].

1984-yilda Xerson sanoat institutiga, keyin esa Sevastopol asbobsozlik institutiga oʻqishga kiradi va uni 1990-yilda tugatib, dengiz muhandisi mutaxasssiligiga ega boʻlgan. 1991-yildan Xerson viloyati baliqchilik kolxozlari ittifoqi flotida mexanik boʻlib ishlagan. 1993-yildan 2006-yil may oyigacha xususiy korxona rahbari lavozimida ishlagan[1].

2006-yil iyun oyida Xersondagi Dnepr tuman kengashi raisining oʻrinbosari lavozimini egallaydi. Xuddi shu yili 5-chaqiriq Xerson shahar kengashiga saylangan va 2010-yilda yana shahar kengashiga saylangan[1].

Yevromaydan ishtirokchisi, shundan soʻng 2014-yil may oyida Xerson meri etib saylandi[2].

Ukraina sharqidagi norozilik namoyishlari chogʻida Xersondagi provokatsiyalarning oldini olish va ayirmachilar tomonidan shaharni egallab olishning iloji yoʻqligi borasida oʻzining qattiq pozitsiyasini bildiradi[3].

2015-yilda 1-bosqichda 24,81 foiz (20 903 kishi), ikkinchi bosqichda esa 67,78 foiz (37 532 kishi) ovoz toʻplagan holda shahar hokimi etib saylanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]