Volkambriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volkambriya (Volcameria) - tizmaguldoshlar oilasiga mansub xushmanzara oʻsimlik. Yer yuzining Sharqiy va Gʻarbiy qismlarida 90 ga yaqin turi uchraydi. Buta, yarim buta, baʼzan daraxtlardan iborat boʻladi. Barglari novdada qarama-qarshi yoki doyra hosil qilib joylashadi. Toʻpgullari roʻvak shaklida, xushboʻy hidli. Ayrim turlarining poyasi oʻrmalovchi, baʼzi turlari gultuvaklarda xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil