Volgograd 5/95
Qiyofa
Volgograd 5/95 — oʻrtagi pomidor navi. 1953-yil da Volgograd seleksiya st-yasida chiqarilgan. Poyasi baquvvat, shoxlanmay tik usadi, barglari tukli, shoda meva tugadi. Mevasi yirik (100—120 g .), yassi-yumaloq, yumaloq, eti qattiq. Koʻchati urugʻdan unib chiqqanidan hosil pishishiga qadar vegetatsiya davri 100—120 kun. Asosan parniklarda yetishtirilgan va pikirovka qilib oʻstirilgan koʻchatlari dalaga 10—25 aprel
da ekiladi. Dalada gullaganidan ksyin hosili 50—55 kunda pishadi. Kasallik va zararkunandalardan kam zararlanadi. Uzoqqa yuborishga gʻoyat chidamli nav. Hosildorligi 150—250 s/ga. Toshkent viloyati, Fargʻona vodiysida koʻp ekiladi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |