Volframatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volframatlar — volframat kislotalarning tuzlari. V. normal (tarkibida WO42" ioni boʻlgan oddiy V., monovolframatlar), izopolivolframatlar (izopolivolframat kislotalarning tuzlari), polivolframatlar (tarkibida \UpOz~+1 ioni boʻlgan V.) va geteropolivolframatlar (geteropolivolframat kislotalarning tuzlari)ga boʻlinadi. Oksidlanish darajasi + 1 va +3 ga, goho +2 (Sa, Sr, Va, R)ga teng boʻlgan metall monovolframatlarning strukturasiga WO4 tetraedrlari kiradi. Ishqoriy metallar, magniy va talliy (I)-monovolframatlar suvda yaxshi eriydi; eritmalaridan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi. Monovolframatlar metall tuzlari eritmalariga ishqoriy metallar V.ini taʼsir ettirib yoki stexiometrik miqdordagi metall oksidlari WO3 bilan birga 600—800° da qizdirib olinadi. Tabiatda monovolframatlar sheellit CaWO4, volframit (Fe, Mn) WO4 va b. minerallar koʻrinishida uchraydi. Monovolframatlarga 600—800° da WO3 taʼsir ettirilsa polivolframatlar hosil boʻladi. Monovolframatlar eritmalaridagi \UO42~anionlarining kislotali muhitda polikondensatsiyalanishi natijasida izopolivolframatlarning anionlari hosil boʻladi. Ishqoriy metallar V. va silikat, fosfat, arsenat yoki borat kislotalarning tuzlaridan tashkil topgan eritmalarda kislotali muhitda geterovolframatlarning kompleks anionlari, mas., [x(W3Ol0)J (8-p) hosil boʻladi. Bu yerda x—Si, P, As, Bi, p—oksidlanish darajasi. Geterovolframatlar eritmalardan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi, mas., K3[P(W3O,0)4]4H2O. Kaliy va natriy monovolframatlari volfram bronzalari i.ch.da qoʻllaniladi. Magniy, kadmiy va rux monovolframatlari — lyuminoforlar ishqoriy metallar va nodir elementlarning qoʻsh V. tarkibiga kiradi. Ba3WO6 termokatodlar tayyorlashda, kadmiy va terbiy monovolframatlari lazer materiali sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil