Volf-raye yulduzlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Volf-raye yulduzlari - t-rasi yorituvchanligi juda yuqori boʻlgan yulduzlar sinfi. Boshqa qaynoq yulduzlardan keng polosali nurlanish spektrida vodorod, geliy, kislorod, uglerod, azot mavjud boʻlishi bilan farqlanadi. V.R.yu. fransuz astronomlari V. Volf va J. Raye nomlari bilan bogʻliq. Shu olimlar oʻsha yulduzlarning xususiyatlarini birinchi marta aniqlashgan (1867). Galaktikada taxminan 130 V.-R.yu. maʼlum. Ularning yorituvchanligi Quyosh yorituvchanligidan 4000 marta ortiq, effektiv t-rasi 50000° dan yuqori. Ularning radiusi 10—15 Quyosh radiusiga teng , massasi 10 Quyosh massasini tashkil qiladi. Koʻpchilik V.-R.yu. yaqin qoʻshaloq yulduzlar hisoblanadi. Odatda, yoʻldoshlari 0 spektr sinfidagi normal qaynoq yulduzlar jumlasiga kiradi. V.-R.yu. spektrlarida nurlanish polosalari kengligi 50—100 A.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil