Vodorodsimon atomlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vodorodsimon atomlar - 1) tuzilishi vodorod atomiga oʻxshash,yadro va bitta elektrondan iborat yengil elementlarning ionlari. Bunday atomli elementlar (Ne+, Ve3+ va b.) faqat atom raqamlari bilan bir-biridan farq qiladi. V. a. energiyasi sathi va spektri vodorod atomi energiyasi sathi va spektriga oʻxshaydi, lekin energiya masshtabi va oʻtish chastotasi z2 marta (z— elementning atom raqami) ortishi bilan undan ajralib turadi; 2) yangi atomlar deb nomlanadigan beqaror zarrachalar. Ularga birinchi navbatda vodorod atomi yadrosi (proton) dan va manfiy zaryadlangan elementar zarracha (myuon M", P~ mezon, K~ mezon va b.)dan tashkil topgan mezoatomlar, keyin elektron va musbat zaryadlangan elementar zarrachalardan tashkil topgan sistemalar: pozitron, myuon M+, P+ yoki K+ mezon (tegishlicha pozitroniy, myuoniy, pioniy, kaoniy deb nomlanadigan zarrachalar)dan tashkil topgan sistemalar kiradi. Bu sistemalar modda orqali yuqorida keltirilgan elementar zarrachalar oʻtganda hosil boʻlib, kimyoviy reaksiyalarga vodorod atomiga oʻxshash kirishadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil