Kontent qismiga oʻtish

Vodorod generatori

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vodorod generatori - kvant generator. Vodorod atomlari dastasi yordamida ishlaydi. Oʻta yuqori chastotalar diapazonida juda barqaror elektromagnit tebranishlar manbai hosil qilish uchun ishlatiladi. V. g .da vodorod atomlari vodorod molekulalaridan elektr razryadi vositasida olinadi, unda atomlar manbaidan tashqari saralovchi magnit tizim, rezonator va ftoroplast yoki teflondan yasalgan maxsus yigʻuvchi kolba boʻladi. Vodorod atomining spektral chiziqlari oddiy (toʻlqin uzunligi X=21 sm) boʻlgani uchun V. g . da ammiakli molekulyar generatorga (X=1,26 sm) nisbatan spektr chiziqlarining kengligini aniqroq oʻlchash mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil