Vodorod ftorid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vodorod ftorid, HF - oʻtkir hidli rangsiz gaz. V. f. 19,43° dayoq suyuqpikka aylanadi. Havoda kuchli tutab, uning namligi taʼsirida tomchisimon eritma hosil qiladi. Suyuq holdagi V. f. ning zichligi 991 kg/m3, qaynash temperaturasi 19,43°, suyuqlanish temperaturasi — 83,1°. Suvda cheksiz miqdorda erib ftorid kislota hosil qiladi. V. f. boshqa kislotalardan farqli oʻlaroq kremniy (IV)-okchh bilan reaksiyaga kirishadi:SiO2+4HF=SiF4+2H2OV. f. ning shishalarni xiralashtirishi shu reaksiyaga asoslangan boʻlib, sanoatda undan shishalarga gul va turli belgilar chizishda foydalaniladi. V. f. tabiiy birikma — flyuorit (CaF2) ga konsentrlangan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. V. f. ftor, sunʼiy kreolit va ftororganik birikmalar olishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil