Vodorod bromid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vodorod bromid, HBr - vodorod bilan brom birikmasi, rangeiz, havoda tutaydigan boʻgʻuvchi gaz; qaynash temperaturasi — 66,7°, suyuqlanish temperaturasi — 86,9°; suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasi (bromid kislota) oʻtkir hidli, rangsiz suyuqlik, juda kuchli anorganik kislotalardan biri. Havoda asta-sekin oksidlanadi. Kuchli qaytaruvchi. V. b. sanoatda yuqori temperaturada platina yoki aktivlangan koʻmir yordamida brom bugʻi bilan vodorodni oʻzaro taʼsir ettirib, lab.da esa fosfor bromidni suv bilan gidrolizlab olinadi. Bromidlar olish uchun va baʼzi organik reaksiyalarda katalizator sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil