Vladimir Stolyarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vladimir Pavlovich Stolyarov (1918.15.7, Chorjoʻy — 1971.16.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq, rassomi (1958). Samarqand badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1933—37). Respublika yosh tomoshabinlar teatrida (1938—39), Respublika xalq ijodi uyida (1939 yildan) ishlagan. S. amaliy sanʼat, bezak sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Xalq ustalari (kandakor, toʻquvchi, kashtadoʻz va boshqalar) uchun badiiy buyumlar bezagi eskizlarini tayyorlagan. Uning eskizlari asosida yaratilgan badiiy buyumlar koʻrgazmalarda yuksak baholangan. Naaoiy teatri uchun sahna pardalari, kashtadoʻzlik ("Gulkoʻrpa", popopda tikilgan, ipak, baxmal, 1965), zardoʻzlik ("Sanʼat xalqnikidir", 1958; "Bayram", 1958, hamkorlikda; "Girix", 1962 va boshqa, hammasi Amaliy sanʼat muzeyida) uchun yaratgan badiiy kompozitsiyalari, ayniqsa, diqqatga sazovor.