Vladimir Rojdestvenskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vladimir Leonidovich Rojdestvenskiy (1897, Vladimir sh. — 1949, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Racm chizishni mustaqil oʻrgangan. 1923 yildan Oʻzbekistonda. Gaz. va jur.lar ("Vokrug sveta", "Mushtum" jur.lari taxririyatlari)da rassom. R. yaratgan karikatura, hajviy asarlar, tarixiy mavzudagi lavhalar, plakatlar obrazlarining taʼsirchanligi, fikr ifodalashdagi aniqligi bilan diqqatga sazovar: "Hamza" turkumi (1939); "Oʻzbekiston" (30-yillar), "Oʻzbekiston oʻtmishidan" (40-yillar) litografik turkumlari, plakatlari ("Harbiy xizmatga chaqirilgan yigitning qasami", "Gʻarbga bor, bahodir", 1942), Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan avtolitografiya turkumlari ("Jasorat", 1942), rangtasvir asarlari va boshqa "Navoiy" (1939), "Mannon Uygʻur", "Abror Hidoyatov" (1944) kabi portretlarida ijodkorlarning ilhom dunyosi ifodalangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil