Vladimir Riftin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vladimir Aleksandrovich Riftin (1903.1(13).1, Sarapul sh., Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Harkov rassomlik institutini tugatgan (1928). 1941 yildan Oʻzbekistonda yashab ijod qilgan. R. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida Teatr dekoratsiyasi rassomligi kafedrasi tashkilotchilaridan (1954—80 yillar kafedra mudiri, 1980 yildan prof.). R. har bir spektakl janr va xususiyatiga mos sahna bezaklari yaratishga intildi. "Qargʻa motkasi" (1947, P. Chaykovskiy), "Ulugʻbek" (1959, A. Kozlovskiy) operalari; "Balerina" (1952, G. Mushel), "Semurgʻ" (1957, B. Brovsin) baletlari; "Hurriyat" (1958, Uygʻun), "Fargʻona hikoyasi" (1959, T. Jalilov, B. Zeydman), "Toshbolta oshiq" (1960, M. Leviyev), "Mirzo Ulugʻbek" (1970, M. Shayxzoda) kabi drama va tragediyalar shular jumlasidan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil