Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Mejov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vladimir Izmailovich Mejov [1830.17(29).5, Saratov - 1894.17(29).5, Peterburg)] — bibliograf. Peterburg ommaviy kutubxonasida ishlagan (1851—60). Mejov tarix, geografiya, etnografiya, huquq, adabiyotga oid bir qancha bibliografik asarlar yaratgan. Uning , ayniqsa, 416 jildli Oʻrta Osiyo va Turkiston oʻlkasiga oid asarlar va maqolalar toʻplami — "Turkiston toʻplami" mashhur (unga ilova etilgan 3 jildli sistemali va alfavitli koʻrsatkich ham mustaqil bibliografik ahamiyatga ega). Bu toʻplam Oʻrta Osiyoning hamma sohasiga oid 1867—87 yillardagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan eng boy manba hisoblanadi. Mazkur asar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi.[1]

  1. "MEJOV Vladimir Izmailovich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Kasimova A. G., Bibliotechnoye delo v Oʻzbekistane, T.. 1968.
  • Bibliografiya Azii, 1—2-j.lar, T., 1891-94.