Vladimir Makovskiy
Makovskiy Vladimir Yegorovich 11846.26.1 (7.2), Moskva - 1920.21.2, Petrograd| — rus rassomi, rus rangtasvirida maishiy janrning yirik ustasi. Peterburg Badiiyot akadimyasi qaqiqiy aʼzosi (1893). Moskva rassomlik, xaykaltaroshlik va meʼmorlik bilim yurtida oʻqigan (1861—66), shu yerda, keyinchalik Peterburg Badiiyot akadimyasining Oliy rassomlik maktabida dare bergan (1894—1918; 1895-yildan rektor). M. dastlabki asarlaridayoq ("Shifokor qabulxonasida", 1870; "Bulbul ishqibozlari", 1872—73 va boshqalar) uning ziyrakligi, yumorni chuqur his qilishi, kundalik turmushni haqqoniy. hayotiy tasvirlay olishi yaqqol namoyon boʻldi. 1870-yillardan ijodida asosiy mavzu — shahar hayotini aks ettirdi: "Kutish" (1875), "Maqkum" (1879), "Bankning sinishi" (1881), "Uchrashuv" (1883), "Yoʻlkada" (1886—87) va boshqa M. asarlarida plener rangtasviriga yaqinlashdi, demokratik karashlarini "Volgada" turkum asarlarida ifoda etdi; portret va illyustratsiya (grafika) janrida ham samarali ijod qildi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |