Vladimir Filatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vladimir Petrovich Filatov (1875. 15(27).2, hozirgi Penza viloyati — 1956.30.10, Odessa) — oftalmolog, xirurg, Ukraina Fanlar akademiyasi akademik (1939) va SSSR Tibbiyot Fanlar akademiyasi akademik (1944), Mehnat Qahramoni (1950). "Teri novdasi" nomi bilan mashhur plastik xirurgiya (1917), koʻz muguz pardasi transplantatsiyasi (1924), toʻqima terapiyasi (1933) usullarini ishlab chiqqan. Biogen stimulyatorlar haqida taʼlimot yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Filatov Vladimir Petrovich" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil