Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Bexterev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vladimir Mixaylovich Bexterev (1857-yil 20-yanvar, Kirov viloyatining Sorali (hozirgi Bexterevo) qishlogʻi — 1927-yil 24-dekabr, Moskva) — rus psixonevrologi. Peterburg tibbiy-jarrohlik akademiyasini tugatgan. Harbiy tibbiy akademiya (1893), Ayollar tibbiyot instituti professor. (1897). Psixonevrologiya instituti (1908), keyinchalik oʻzi tashkil etgan Miya va ruhiy faoliyatni oʻrganish instituti (1918) direktori. Nerv sistemasining anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasiga oid tadqiqotlar olib borgan, refleksologiya asoschilaridan biri. Orqa va bosh miyaning oʻtkazuvchi yoʻllari hamda miyaning funksional anatomiyasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni ishlab chiqqan. Alkogolizmni gipnoz bilan davolash ustida ilmiy ish olib borgan. Bexterevning asosiy asarlari yosh bolalar xulqi va jinsiy tarbiyasi, shuningdek ijtimoiy psixologiya muammolariga bagʻishlangan. Markaziy nerv sistemasini tinchlantiradigan suyuq dorimikstura topgan. Miyani anatomik, fiziologik va psixologik usullar bilan kompleks oʻrganish asosida kishi shaxsini tadqiq etgan[1].

  1. "Bexterev Vladimir Mixaylovich" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil