Vizual qoʻshaloq yulduz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vizual qoʻshaloq yulduz - teleskopda qoʻshaloq boʻlib koʻrinadigan yulduz; oddiy koʻz bilan qaralganda boshqa yulduzlardan farqqilmaydi. Koʻpincha qoʻshaloq yulduzlarning biri ikkinchisidan bir necha sekund burchak narida joylashgan boʻladi. V.q.yu. optik va fizik jihatdan qoʻshaloq boʻlishi mumkin. Optik V.q.yu. tarkibiga kiradigan yulduzlar Yerdan har xil uzoqlikda boʻlib, ularning nur yoʻnalishlari tasodifan yonma-yon tushadi. Fizik V.q.yu. fazoda bir-biriga yaqin joylashadi, oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan boʻladi va ikkalasi bitta yulduz sistemasini tashkil etadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil