Kontent qismiga oʻtish

Vize yarusi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vize yarusi (Belgiyadagi Vize sh. nomidai) — erta karbon davrining pastdan ikkinchi yarusi. 1882 yilda belgiyalik olim Ch. Dyupon ajratgan. Den-giz ohaktoshlari orasida turli hayvonlarning qoldiqlari (braxiopoda, goniatit va hokazo) uchraydi. V. ya. jinslari RF (Rus platformasi, Oltoy, Sibir, Donbass, Ural), Angliya, Fransiya, KXDR va b. joylarda, Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda, maʼlum. DnepropetrovskDonesk, Lvov-Volin choʻkmalarida V.ya. jinslaridan neft, gaz, koʻmir, dolomit va boshqa konlar topilgan. Oʻzbekistonda Vize yarusi jinslari Chatqol-Qurama, Turkiston, Hisor togʻlarida bor. Janubiy Tyanshanda neft belgilari Vize yarusi jinslaridan topilgan[1].

  1. „Vize yarusi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (V-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil