Vizantiya huquqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vizantiya huquqi -6-15a larda-gi Vizantiya imperiyasining huquqi. V. h. Rim huquqita asoslangan. 6—8-asrlarda Vizantiyada Feodosii va Yustinian kodekslari amal qilgan. 726 yilda "Ekloga"— fuqarolik va jinoyat huquqdari majmuasi tuzilgan. "Dehqonchilik qonuni" (8-asr), cherkov va dunyoviy huquqlar majmuasi —"Nomokanonlar", Armenopuloning "Olti kitobi" (1345) V.h-ning asosiy manbai hisoblanadi. V.h. xususiy yer egaligiga asoslanib, savdo-sotiq, ijara, qarz, garov shartnomalari alohida oʻrin egallaydi. Vizantiyaning nikoh-oila va meros huquqida cherkov taʼsiri izchil boʻlgan. V.h. Gʻarbiy Yevropa va Old Osiyo mamlakatlari qonunchiligiga taʼsir koʻrsatgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil