Viverrasimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viverrasimonlar (Viverridae) - yirtqich sut emizuvchilar oilasi. Gavdasining uzunligi 85 sm gacha, ogʻirligi 8– 12 kg boʻlgan hayvonlar. Oyoqlari kalta, koʻpincha 5 panjali, dumi uzun, bitta turining dumi tutuvchi tipda. Baʼzi V. anal teshigi oldida muskus ishlab chiqaradigan hid bezlari bor. 71 turi, 35 urugʻi: genetalar, sivetalar, mangustlar, binturangalar, mungolar, surikatlar, fossalar va b. maʼlum. Kichik, Gʻarbiy va Jan. Osiyoda, Afrika va Jan.-Gʻarbiy Afrikada tarqalgan. Yer ustida, ayrim turlari daraxtda yashaydi. Koʻpchiligi tunda faol hayot kechiradi. Yiliga 1 marta, baʼzan 2 marta 1—6 tadan, koʻpincha 2—4 tadan bolalaydi. Mayda sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar, baʼzan mevalar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari muskusi uchun ovlanadi. 4 turi va 1 kenja turi Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil